Kattaqoʻrgʻon shahri tarixini bilasiz-mi?

Shaharning moziydagi mavqeyi

Kattaqo‘rg‘onning yoshi 2 ming yildan ortiq bo'lib, shahar tarixiga aloqador yana bir yodgorlik Robinjon shahridir. Bu yerda o‘nlab tarixiy joylar, masjid-u madrasalar, qal’alar bo'lgan. Masalan, shahardagi Saripul qal’asining tariximizda o‘z o‘rni bor. 

Makedoniyalik Iskandar Samarqandni vayron qilganidan keyin Kattaqo‘rg‘on bir muddat Sug‘dning siyosiy markazi bo‘lib turgan.

Ma’lumki, I-V asrlarda Sug‘diyona somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Robinjon butun Sharqda o‘zining “rabinjoni” degan nafis gazlamasi bilan mashhur bo‘lgan. Kattaqo‘rg‘on shahri bu o‘lkada 2500 yillar ilgari yaratilgan shaharsozlik madaniyatining (Kushoniya, Robinjon, Korzon va Pay) mahsuli sifatida paydo bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1501 yilda bu yerda Shayboniyxon bilan Mirzo Bobur o‘rtasida janglar bo‘lgan. Buyuk shoh va shoir bu hududda ancha muddat turgan.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM