FILIALDA MATBUOT ANJUNANI O'TKAZILDI

Bugun, Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg’on filialida Qabul komissiyasi mutasaddilari ishtirokida qabul kvotalari, ularning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti, qabul jarayonidagi muhim yangiliklar bo'yicha matbuot anjumani bo'lib otdi.

Matbuot anjumaniga, Kattaqo'rg'onlik jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari taklif etildi. Shuningdek, jarayonda o‘quv ishlari bо‘yicha direktor o'rinbosari S.Elmonov,qabul komissiyasining mas'ul kotibi S.Rajabov hamda a'zolari ishtirok etishdi.

Аnjumanda masʼullar tomonidan filialda 2023/2024 oʼquv yili qabulini yuqori saviyada oʼtkazish maqsadida tashkil etilgan qabul komissiyasi faoliyati, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari, yangi oʼquv yilida bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida davlat granti oʼrinlari soni, abiturientlar va ularning ota – onalari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va ulardan kimlar foydalana olishi, shuningdek filialda yangi ochilgan yoʼnalishlar va mutaxassisliklar haqida toʼliq maʼlumotlar berildi.

Aytish joizki, filialda 2023-2024 o‘quv yili uchun jami 550 nafar talabalarni bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga qabul qiladi.Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 450 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 100 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan. Shundan davlat granti asosida 120 nafar, to‘lov kontrakt asosida 430 nafar talaba yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi.

Shuningdek, filialda abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javoblar berilishini ta’minlash, murojaatlar bilan muntazam ishlash maqsadida, “Call center” va “Maslahat markazi” tashkil etilgan. Ushbu markazlarga filialning salohiyatli va mas’uliyatli xodimlari biriktirilgan.

Anjuman yakunida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM