SHAHAR HOKIMI GAVHAR ALIMOVANING 27 IYUN - MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Hurmatli jurnalistlar va soha fidoyilari! 

Avvalambor barchangizni kasb bayramingiz 27 iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan shahrimiz faollari va keng jamoatchiligi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Fursatdan foydalanib, mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamdagi oshirilayotgan islohotlarni ommaga yoritish orqali fuqarolarda qalbidagi ishonchni yanada mustahkamlashda samarali xizmat qilayotgan, oʻzining professional kasbini sadoqat bilan ado etayotgan Siz ijod ahliga oʻzimning hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. 

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasidagi vazifa masʼuliyatli va mashaqqatlidir. Bugun yurtimiz yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, soʻz va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan bir vaqtda ushbu masʼuliyat yanada zalvorli boʻlishi aniq.

Albatta, bu borada yurtimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligini taʼminlash yoʻlida Yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmun – mohiyatini xalqimiz eʼtiboriga yetkazib berayotganingiz eʼtirofga loyiq

Qadrli doʻstlar!

Shu oʻrinda Kattaqoʻrgʻon shahridagi ommaviy axborot vositalari hamda matbuot sohasi vakillarining ham bu boradagi xizmatlarini eʼtirof etish oʻrinli. Bugun ular oʻzlarining samarali xizmatlari bilan shahrimizning ijtimoy-siyosiy hayotiga oid yangiliklarni, dolzarb va tanqidiy ruhdagi maqolalarni, tezkor xabarlarni hamshaharlarimizga yetkazib kelmoqdalar. 

Buni shahar hokimligi Axborot xizmati va “Kattaqoʻrgʻon tongi” gazetasining rasmiy sahifalarida chop etilayotgan materiallar, xabarlar, lavhalar, fotoreportajlar mazmun-mohiyati, dolzarbligi va salmogʻi oshganligi, ularni kuzatib borayotgan obunachilar sonining kundan-kunga ortib borayotganligi misolida ham koʻrish mumkin. 

Bugungi kunda shahar matbuot va ommaviy axborot vositalarida xizmat qilayotgan jurnalistlarimiz zimmasidagi masʼuliyatli vazifani sitqidildan ado etayaptilar deb ayta olaman.

Shahrimizdagi mavjud keng va qulay imkoniyatlarni, davlat va jamoatchilik tashabbuslarini viloyat, respublika matbuoti, televideniye, radio va internet sahifalarida faol targʻib etilishida benazir hissa qoʻshib kelayotgan jurnalistlar, matbuot kotiblari, muxbirlar, barcha ijodkorlarga faollarimiz va keng jamoatchilikning samimiy minnatdorchiligini bildiraman.

Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Biz jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashda, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlashda sizlarga, sizlarning bilim va isteʼdodingizga tayanamiz.

Ayniqsa, hayot va kasb tajribangizni yoshlarga oʻrgatish, ularni zamonaviy fikrlaydigan, Vatan va xalq manfaatini muqaddas deb biladigan, sogʻlom va barkamol insonlar etib tarbiyalashda koʻpchilikka oʻrnak va namuna boʻlasizlar, deb ishonaman.

Yana bir bor Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan chin dildan muborakbod etaman. Sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik hamda yangi ijodiy yutuqlar va barkamollik tilayman.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM