"Bibixonim"spektakli muvaffaqiyatli topshirildi

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrini 2023-yil repertuar rejasiga asosan yilning II-choragida sahnalashtirilishi belgilangan Hayitmat Rasul qalamiga mansub "Bibixonim" asari, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri bosh rejissyori Doston Haqberdiyev tomonidan sahnalashtirilib, spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov boshchiligidagi Badiiy Kengash a'zolariga muvaffaqiyatli topshirildi...

Mazkur spektaklda Amir Temur rolida "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" Asadillo Nabiev, Bibixonim rolida "Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi, milliy mukofot sovrindori" hamda "Madaniyat va san'at fidokori ko‘krak nishoni" sohibasi Gulasal Rahmonova hamda sahnalashtiruvchi rassom Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri bosh rassomi Jaloliddin Rahimov va Milliy akademik drama teatri liboslar bo‘yicha rassomi Sevara Zunnunova.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM