AHOLI SALOMATLIGIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINING AHAMIYATI KATTA

Aholi salomatligini saqlash, turli kasalliklarni oldini olishda sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish va unga rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaqinda shahar drama teatrida Samarqand Tibbiyot Universiteti Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasi, shahar hokimligi, Tibbiyot birlashmasi hamkorligida o‘tkazilgan seminar ushbu mavzuga bag‘ishlandi. Unda so‘z olgan shahar hokimi o‘rinbosari J.Nosirov seminarni ochib berdi va uning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Mutaxassislar seminar davomida yuqumli kasalliklar profilaktikasi, aholining jismoniy faolligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish,  to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi xonalarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish mavzularida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, seminarda KTMP, Oilaviy poliklinikada tashkil etilgan ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi xonalarining faoliyati haqida  KTMP mudiri M.Eshmurodovaning ma’ruzasi eshitildi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan seminar davomida bu borada kelgusida hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ham kelishib olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM