Respublika ishchi guruhi 11-IDUM da bo‘ldi

Har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 2023- 2024 o‘quv yilidan  o‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatishni tashkil etish borasida hududlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va taklif berish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi shahrimizdagi 11- IDUMda bo‘ldi.
Ishchi guruhi olib borilgan ishlar va yaratilgan sharoitlarni o‘rganish davomida  yangi o‘quv yilidan boshlab maktabda 2- xorijiy til sifatida yapon tilini, kasblar bo‘yicha tikuvchilik va sartaroshlik kasbini  to‘liq dastur asosida o‘rgatilishi, maktabning kirish qismida zamonaviy xotin- qizlar va erkaklar sartaroshxonasi amaliyot bilan birga olib borilish rejasi bilan tanishdi.  

Maktab rahbariyatining shahar hokimi rahbarligida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishish asnosida ishchi guruhi tomonidan zaruriy tavsiyalar va takliflar berildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM