"Harbiy xizmatchilar uchun "Bibixonim" spektakli namoyish etildi!"

Kattaqo‘rg'on garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun Kattaqo'rg'on shahar drama teatrida Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri bosh rejissyori Doston Xaqberdiyev tomonidan Hayitmat Rasul qalamiga mansub "Bibixonim" asari namoyish etildi.

Harbiy xizmatchilar usbu spektakl davomida aktyorlarning mahorati, tayyorlangan sahna dekorasiyalari, asardagi voqealardan zavqlanib tomosha qildilar. Shuningdek o‘z zamonasining yuksak idrokli, yetuk aql-zakovat sohibasi bo‘lgan Bibixonimdek tarixiy shaxs haqida sahnalashtirilgan spektakl barcha tomoshabinlarga manzur bo'ldi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.                                      

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM