“Chinobod” mahallasidagi maktabga  yangi o‘quv binosi qurilmoqda

Ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor, bu borada yaratilayotgan imkoniyatlardan kelib chiqib, shahrimizdagi ta’lim muassasalari ham bugun zamon talablariga javob beradigan maskanlarga aylanmoqda. 

Ayni kunlarda shahrimizning “Chinobod” mahallasida joylashgan 20-umumta’lim maktabining ham 360 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosini barpo etish ishlari boshlangan bo'lib, binoning poydevori tayyor bo'ldi. 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova, mahalla faollari va nuroniylar ushbu hududda bo‘ldilar. Shahar hokimi barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur yangi binoning barpo etlishi yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi va binoning birinchi g‘ishtini qo‘ydi. 

Nuroniylar kelgusida bu kabi ezgu ishlarning yanada bardavom bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM