"Biz giyohvandlikka qarshimiz!"

Image_tadbir: 

Inson hayotda yashar ekan, yaxshilikka intilib yomonlikdan qaytib yashashga harakat qiladi. Lekin,  “yaxshilik” va “yomonlik” tushunchalariga har kim har xil ta'rif beradi. Hayot ezgulik bilan go'zal. Ammo ba'zan ezgulikka yovuzlik ko'lanka soladi. “Asr vabosi” nomini olgan giyohvandlik insonning osuda hayotiga raxna solib, ongini o'ziga bo'ysundiruvchi zahri qotildir.

Bugun Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy qism targ'ibot guruhi tomonidan 26 IYUN – "XALQARO GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH KUNI" munosabati bilan Kattaqo'rg'on shahri aholi gavjum joylarda "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida giyohvandlik qanchalar yomon illat ekanligi haqida tushunchalar berib, targ'ibot ishlari olib borishdi.

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM