“Yoshlar oyligi”: harbiylar giyohvandlikka qarshi yurish marafonida

Bugun “Yoshlar oyligi” munosabati bilan shahrimizda “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” piyoda yurish marafoni o‘tkazildi. Erta tongdan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu ommaviy sport tadbirida Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.  

-Albatta, bu kabi tadbirlar aholini jumladan, harbiylarni ommaviy sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi deydi,- harbiy qism ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha komandir o‘rinbosari D.Jamolov. 
Haqiqatdan ham sport bilan, xususan ommaviy sport bilan shug‘ullanish insonlarni nafaqat sog‘lom bo‘lishlariga balki, giyohvandlik, OITS kabi xavfli illatlarning ta’siriga tushib  qolmasliklarida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Yoshlar oyligi” munosabati bilan sport tadbirlari davom etadi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM