Malakali mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar aholini sog‘lomlashtirish, kasalliklarni oldini olish, malakali tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bu borada tashkil qilinayotgan aksiyalar doirasidagi tibbiy ko‘riklardan aholi mamnun.

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi aksiyasi doirasida Samarqand shahridagi ixtisoslashtirilgan markazlarning mutaxassislari ishtirokida shahrimizdagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada ham “Bolalar salomatligi oyligi” tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Ko‘rik davomida okulist, kardiolog, nevropotolog va boshqa 13 turdagi tor soha mutaxassislari tomonidan aholiga kasalliklarni oldini olish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar, maslahatlar berildi.

Bu kabi aksiyalarni, tibbiy ko‘riklarni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasidagi kasalliklarni erta aniqlash, ularni oldini olish muhimi aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishdan iborat, -deydi shahar tibbiyot birlashmasi rahbari Xumoyun Xamraev. Shu maqsaddagi shahrimizda ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Tibbiyot birlashmasi tomonidan shahar aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, Oilaviy poliklinika hamda “Yermachit”, “Qo‘shhovuz” mahallalarida salomatlik maktablari tashkil qilingan. Bu orqali aholiga bugun ko‘plab kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi noto‘g‘ri ovqatlanishning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berib boriladi. Kelgusida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ham mana shunday salomatlik maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bugun viloyatdan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar ishtirokida tashkil qilingan tibbiy ko‘rikdan fuqarolar mamnun bo‘ldilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM