MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI

Shahar hokimi qabuliga tushgan murojaatlarning ayrimlarini joyida o‘rganish qayd etilgan edi. Shundan kelib chiqib, kuni kecha shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan ushbu murojaatlar joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Qoriravot” mahallasida yashovchi fuqaroning moddiy yordam olish yuzasidan qilgan murojaati shu yerning o‘zida hal etildi.

Subsidiya asosida uy-joy olish yuzasidan “Kunjipay” mahallasidagi fuqaroga esa uy-joy olishning subsidiya tartibi bo‘yicha belgilangan tegishli me’yorlardan kelib chiqib, huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, shahar hokimi “Yakkabog‘” mahallasida bo‘lib, oilaviy masalani mas’ullar ishtirokida o‘rgandi  hamda bu bo‘yicha o‘z tavsiyalarini va muammoni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlarni berdi.

“G‘arb machit” mahallasida yashovchi fuqaroning uy-joyini ta’mirlash borasidagi murojaati ham uning xonadoniga borgan holda o‘rganildi. “Temir daftar”ga kiritilgan ushbu fuqaroga daftarda belgilangan mezonlardan kelib chiqib, yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM