FUTBOL BO‘YICHA DXX KO‘BOGI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Bugun futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova g‘oliblarni muborak etdi va ularni viloyat va respublika bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallashlariga tilak bildirdi. G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra qizlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha 1- o‘rin “Bahoriston”, 2 -o‘rin “Oq -oltin”, 3-o‘rin “Kattaqo‘rg‘on” mahallasi jamoalariga nasib etdi. Xuddi shunday yigitlar o‘rtasida Amir Temur mahallasi 1-o‘rinni, Usmon Nosir mahallasi 2-o‘rin, “O‘rikzor” mahallasi jamoasi esa 3 -o‘rinni egalladi.  Shuningdek, 16-30 yoshdagilar o’rtasidagi futbol bo‘yicha 1-o‘rinni “O‘rikzor”, 2-o‘rinni “Chinobod” hamda 3-o‘rinni “Kattaqo‘rg‘on” mahallasi yoshlari qo‘lga kiritdi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM