TABRIKLAYMIZ  

Kattaqo‘rg‘on shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 9-sinf bitiruvchisi, hozirda Samarqand shahar Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi, bugungi kunda maktab Vise -Prezidenti  Sevara  Pulatova AQSH Davlat  Departamentining  Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi tashabbusi bilan o‘tkazilgan va Legacy  International tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi  g‘olibi bo‘ldi.

Ushbu dasturda 36 ta davlatdan 126 nafar yosh xotin-qizlar tanlab olinib, joriy yil uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun  AQSh davlatiga yuboriladi. 
Sevara Pulatova ushbu dastur g‘oliblari qatorida O'zbekiston  jamoasi nomidan AQSHda o‘z malakasini  oshiradi. 

Sevarani tabriklab kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM