HAR BIR ISHNING QONUNIY BO‘LGANI YAXSHI

Qonun doirasida qilingan har bir ish qonun bilan himoyalanadi. Lekin, shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan  belgilangan me’yor -talablariga rioya qilmagan holda ish tutish holatlari uchrashi dilingizni xira qiladi.

Kuni kecha shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligidagi mutasaddilarning shahrimizdagi “Chinobod” hamda Amir Temur mahallalaridagi o‘rganishlari davomida ham ana shunday qonunbuzilish holatlari kuzatildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, mahallalar hududlaridan o‘tuvchi sizot suv zovuri atrofidagi himoya hududidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish,  mazkur kollektorlarni tozalash ishlarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                   

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM