Xushxabar

"Zomin" mahallasi jamoasi Respublika bosqichiga chiqdi

Toyloq tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "Streetboll" turi bo'yicha Samarqand viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqada 22-26 yosh erkaklar o‘rtasida ishtirok etgan shahrimizning "Zomin" mahallasi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdilar.

Jamoaga Respublika bosqichida ham yuqori natijalarni egallab qaytishlariga tilakdoshmiz.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                          

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM