Tabrik 

Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchilari Osiyo kubogi g‘olibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Ashixara-karate Federatsiyasi bilan hamkorlikda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda undan yuqori yoshdagi sportchilar o‘rtasida “Ashixara-karate” sport turi bo‘yicha OSIYО kubogi o‘tkazildi.

Quvonarlisi Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo kubogida ishtirok etgan shahrimizdagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Karate" to‘garagi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Jumladan, ular 3 ta faxrli birinchi, 2 ta ikkinchi va 1 ta uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 
Shuningdek, to‘garak rahbari Shamshod Ergashev ham 1 o‘rin va THE BEST FIGHTER nominatsiyasini qo‘lga kiritdi
Temur Sunnatullayev
-Abbos Karimov
-Abdulaziz Samariddinov
-Shoxruz Asliddinov
-Abdulloh Isomiddinov 
-Temurbek Normurodov
G‘oliblar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM