TABRIK

Bugun 15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. 

“Farovon oila sari” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tanlovda shahrimizdagi “Damariq” mahallasidan ishtirok etgan Siddiqovlar oilasi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlar bilan ishlashdagi faol ishtiroki uchun” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi va viloyat hokimligining  Faxiy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM