Iftorlik dasturxoni atrofidagi duolar  

Shu kunlarda yurtimizda muborak Ramazon oyi munosabati bilan bir-birini yo‘qlash, ehtiyojmandlar holidan xabar olishdek xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlar yanada keng quloch yoymoqda.

Mahallalarda yozilayotgan iftorlik dasturxonlari atrofida yig‘ilgan hamshaharlarimiz bu kabi xayrli tadbirlarimizni yanada bardavom bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochmoqdlar.
“Osiyo” tadbirlar maskanida jam bo‘lgan “Yakkabog‘” mahallasi, "Qo'shchinor" tadbirlar maskanida "Noqis" mahallasi hamda "Yunusobod" tadbirlar maskanida "Oq oltin" mahallasi fuqarolarining niyatlari ham shahrimizning yanada rivoj topishi, insonlarni farovon yashashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bardavom bo‘lishiga qaratildi.

Dasturxon atrofida aytilgan ko‘pchilikning duosi ijobat bo‘ladi, deydilar. Duolar ijobat bo‘lib, shahrimiz yanada taraqqiy etib, mahallalarimiz, xonadonlarimiz obod bo‘lsin.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM