Bugun- butunjahon chiqindisiz kun

30 mart – “Butunjahon chiqindisiz kun”. Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida ham erta tongdan  obodonlashtirish va tozalash tadbirlari boshlandi.

Tadbir davomida ko‘chalarga maxsus texnikalar bilan suvlar sepilib, mahallalar, xonadonlar, idora va tashkilotlar atroflarida chiqindilardan tozalash ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.

To‘rt yuzdan ortiq  ishchi kuchi hamda 20 ga yaqin maxsus texnika vositalari jalb etilgan tadbir qizg‘in davom etdi.
Hamshaharlarimiz shahrimizni chiqindilardan tozalash ishlarida faol ishtirok etdilar.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                                      

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM