Xayrli tadbirlar davom etadi

Muborak Ramazon oyidagi xayrli amallar shu kunlarda shahrimizda ham o‘z tarovatini aks etmoqda. Shu munosabat bilan shahrimizdagi mahallalarda iftorlik yo‘qlovlari qilinib, dasturxonlar yozilmoqda.

Kuni kecha ana shunday tadbirlardan navbatdagisi  “Yunusobod” tadbirlar maskanida o‘tkazildi. Unda shahrimizning "Ko'hnadam"  mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalar va nuroniylar taklif etildilar. Dasturxon atrofida hamshaharlarimiz yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini hamda mana shunday xayrli tadbirlarning yanada bardavom bo‘lishini tilab duo qildilar.
Shahrimizda iftorlik dasturxonlari, xayrli tadbirlar davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                                       

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM