SHAHRIMIZDA HAM MEHR-MURUVVAT OYIDA IFTORLIKLAR O'TKAZILMOQDA

Mehr va muruvvat ko‘rsatish, qiynalganlarga ko‘maklashish, bemorlar  holidan xabar olish xalimizga xos bo‘lgan fazilatlardir. Ayni Muborak Ramazon oyida bu kabi ezgu amallar o‘zini yanada yuksak namoyon emoqda.
Shu kunlarda saxovat va insonparvarlikni o‘zida mujassam etgan iftorlik yo‘qlovlari xalqimizning insoniy fazilatlariga yanada zeb bermoqda.

Kuni kecha shahrimizda ham ushbu ezgu ammalarning amaldagi isboti sifatida “Osiyo”, “Qo‘shchinor” hamda “Yunusobod” tadbirlar maskanlarida iftorlik dasturxonlari yozildi. Tadbirga "Chinobod", "Qo'shhovuz" va "Bahoriston" mahallalarida yashovchi ehtiyojmand oilalar va nuroniylar taklif etildilar. Dasturxon atrofida yurtimizdagi islohotlarning inson qadrini ulug‘lashga qaratilgani haqida so‘z yuritilib, mana shunday xayrli tadbirlarning yanada bardavom bo‘lishini tilab duo qildilar.

Shahrimizda shunday iftorlik tadbirlari davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM