Targ’ibot tadbiri

Image_tadbir: 

Bugun Kattaqo’rg’on shahar tibbiyot birlashmasida tibbiyot muassasalari rahbarlari va xodimlari ishtirokida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbiri davomida ma'ruzachilar tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz va unda istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotida tutgan o‘rni, kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini  yuksalishi, xususan tibbiyot sohasini rivojlanishi va malakali tibbiy xizmatni yo'lga qo’yishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda so’zga chiqqan notiqlar 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM