MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda shahrimizdagi “Goʻzalkent” va “Damariq” mahallalaridagi ichki koʻchalarda tungi yoritish chiroqlari uzib qoʻyilganligi boʻyicha videomurojaatlar tarqaldi. 
Mazkur murojaatlar yuzasidan shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi O.Toʻxtayevning maʼlum qilishicha, hozirda shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan shaharda elektr tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulanganlik holatlarini aniqlash va mazkur holatlarni bartaraf qilish boʻyicha xatlov jarayonlari ketmoqda.
Ushbu xatlov jarayonida ayrim fuqarolarning ichki koʻchalarga oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatib olganlik holati aniqlanib, shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tarmoqdan uzish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar mahallalaridagi ichki koʻchalarga tungi yoritish chiroqlarini belgilangan tartibda oʻrnatish borasidagi ishlar doirasida bugungi kunda “Damariq” hamda “Goʻzalkent” mahallasidagi tungi yoritish chiroqlari ulanmagan koʻchalarni tarmoqqa ulash ishlari ham olib borilib, muammolar bartaraf etilmoqda. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM