Toʻrt nafar hamshahrimiz Umra ziyoratini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldi

Davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan xalqchil siyosat aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, munosib turmush sharoitini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli.
Ushbu islohotlarning amaliy natijasi sifatida Prezidentimizning joriy yil 19 fevraldagi Buxoro viloyatiga tashrifi davomida kam taʼminlangan fuqarolarni “Umra” safariga bepul yuborish boʻyicha bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, “Umra-2023 Ramazon” mavsumida shahrimizdan ham 4 nafar fuqarolar “Umra” safariga yuborildi.
Ketish oldidan shahar hokimi Gavhar Alimova bilan uchrashgan otaxon va onaxonlar bu kabi berilgan imkoniyat uchun cheksiz minnatdorchiliklarini bildirdilar va yurtimizning tinchligi va xayrli amallarning bardavomligini tilab duo qildilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM