Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati o‘tkazildi

Bugun shahar hokimligi xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati o‘tkazildi. 

Dastlab, o‘tayotgan hafta ichida mamlakatimizda va xorijda ro‘y bergan voqea va hodisalar sharhi bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng ishtirokchilar o‘quv soati davomida salohiyatli kadrlar zaxirasini yaratish mavzusida ma’ruza tingladilar.

Shuningdek, o‘quv soati davomida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi hamda ijrosi bo‘yicha mehnat jamoasining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM