Ozarbayjon va o'zbek ijodiy hamkorligi      

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining Ozarbayjon Respublikasidagi doimiy hamkori Irevan davlat Ozarbayjon drama teatri direktori, dramaturg, san'atshunos olim Iftikhar Piriyev ijodiy safar bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga tashrif buyurdi. 
Tashrif davomida mehmon Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. 2021 yilda ikki davlat teatrlari o'rtasida imzolangan memorandumga asosan, 2022 yilda Ozarbayjon Respublikasidan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatriga taklif etilgan taniqli rejissyor A. Askerov tomonidan sahnalashtirgan "Qaynona" spektakli bilan  teatr jamoasi Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahriga gastirol safari uyishtirilgan edi. Ikki qardosh davlat teatrlari o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan kelgusida yana bir qator ijodiy ishlarni amalga oshirish teatr rahbarlari tomonidan belgilandi.  

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM