JASUR QAXRAMONLARNING ONALARI HAMISHA E'ZOZDA

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova 8 mart - Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Vatan ozodligi, milliy taraqqiyotimiz, sarhadlarimiz tinchligini saqlash yoʻlida jonini fido qilgan Kattaqoʻrgʻonning jasur va mard oʻgʻlonlari Ulugʻbek Barnoyev hamda Baxrom Ergashevlarning yashagan uylariga bir guruh masʼullar hamrohligida tashrif buyurib, ularning onalarini bayram bilan tabrikladi.

Samimiy suhbat davomida Vatan himoyasida shahid boʻlgan mard o'g'lonlarni yod olish bilan birga shunday dovyurak va jasur yigitlarni dunyoga keltirgan hamda voyaga etkazgan onalari hamisha xalqimiz eʼzozida va davlatimiz eʼtiborida boʻlishlari takidlandi. 

 Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM