Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi tomonidan bugun shahar Xalq ta’lim bo‘limi binosida ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha mas’ul hodimlar ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonov, shahar IIB boshlig’i o’rinbosari Sh.Yarlakabov, shahar IIB tergovchisi M.To’xtaev, shahar IIB YHXB boshlig’i I.Toshpo’latov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bosh mutaxassisi B.Qodirovlar ishtirokchilarga mavzuga doir tushunchalar berib o’tishdi. Uchrashuv so’ngida mavzuga oid videorolik namoyish etildi va ishtirokchilarning savollariga javob berildi.    


 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM