Mini futbol boʻyicha shahar ochiq chempionati oʻtkazildi

Mamlakatimizda sport ayniqsa, yoshlar sportiga alohida eʼtibor qaratilgan. Shu maqsadda shahrimizda ham koʻplab sport tadbirlari va musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.

Yaqinda shahar sport maktabida kattaqoʻrgʻonlik yoshlar oʻrtasida tashkil qilingan mini futbol boʻyicha “Hokim kubogi” shahar ochiq chempionati ham uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

Musobaqa yakunlariga koʻra faxrli 1 oʻrinni sport maktab jamoasi qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2-oʻringa 17-IDUM jamoasi hamda 3-oʻringa 11-IDUM jamoasi munosib topildi.

Yoshlarni taqdirlashda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova kelgusida ushbu jamoalar nafaqat shahrimizda balki, viloyat va respublikada ham nufuzli oʻrinlarni qoʻlga kiritishlariga tilak bildirdi.

Gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM