MUROJAATI

Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasining “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida 2023-yil fevral oyida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i G‘aniyev Farrux Izzatilloyevichning

Assalomu alaykum, Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi “Soliqchi – ko‘makchi tamoyili asosida faoliyat yuritishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Xo‘sh, shu o‘rinda “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyilining mazmun-mohiyati nimalardan iborat, degan o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy. Eng avvalo, ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyingi bosqichda asosiy e’tibor tadbirkorlik subyektining oyoqqa turib olishiga, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha ko‘maklashishga qaratiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasiga 2023 yil fevral oyi uchun budjet daromadlariga 5 984.0 mln.so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 6 444.8 mln.so‘mga tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 107.7 foizga (460.8 mln.so‘m ortig‘i bilan ) bajarildi.

Jumladan, yanvar oyida jismoniy shahslarning daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan 3 139.1 mln.so‘mlik reja haqiqatda 3 227.0 mln.so‘m (102.8 foiz)ga, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha belgilangan 440.0 mln.so‘mlik reja haqiqatda 484.6 mln.so‘m (110.1 foiz)ga, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy solig‘i bo‘yicha belgilangan 194.0 mln.so‘mlik reja haqiqatda 233.3 mln.so‘m (120.3 foiz)ga, jismoniy shahslarning mol-mulk va yer solig‘i buyicha belgilangan 492.0 mln.so‘mlik reja haqiqatda 994.1 mln.so‘m (202.1 foiz)ga bajarilganini ta’kidlash joiz.

2023 yil yanvar oyi budjet daromadlariga 5 967,0 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 5 573,9 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 93,4 foizga (393.1 mln.so‘mga kam ) bajarilgan.

Belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishida har bir tadbirkorlarning muammolarini tushungan holda, ularga yaqin ko‘makchi sifatida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam yanglishmayman.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda soliq xizmati organlari faoliyati tadbirkorlarni jazolashga emas, aksincha ularga eng yaqin ko‘makchi bo‘lish, ishbilarmon doira vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Demak, faoliyatimizga baho soliq qonunchiligi buzilishi qay darajada kamaygani, tadbirkorlarni ortiqcha sarf-xarajatlardan saqlab qolish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qarab beriladi.

Faoliyatini boshlayotgan tadbirkor qator muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Ayni jarayonda ularga soliq xizmati organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lishi zarur.  

Darhaqiqat soliq xodimi eng avvalo, yangi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishimiz zarur.

 

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yanvar-fevral oylar davomida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 175 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganildi. Shundan 175 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 56 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 3 ta, soliq rejimini tanlashda 14 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 1 ta, E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish yuzasidan 64 ta, 1487,0 mln. so‘mlik QQS solig‘idagi mavjud ortiqcha to‘lovni qaytarishda 3 ta, 16,9 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 6 ta, 38 ta soliq organiga aloqador boshqa muammolar yuzasidan tadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi.

Masalan, "SHAROFIDDIN PARVOZ INVEST" OKga 2518,7 ming so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.

"SHUKUR M 777" MCHJga soliq rejimini tanlash bo‘yicha ko‘maklashildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘yicha 2023 yilning fevral oyida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1154 nafarni tashkil etmoqda. Shundan, 536 nafari ijtimoiy yo‘nalish, 254 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi, 86 nafari sanoat, 87 nafari qishloq xo‘jaligi, 51 nafari axborot-komunikasiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar, 140 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida +99866-455-21-50 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, telegramdagi Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasining www.t.me/kattakurgan_sh_4_sektor rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sizlarga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, shaharda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Shahar soliq inspekqiyasi, faoliyat yurituvchi barcha darajadagi soliq hodimlari sizlarga ko‘mak berishga har doim tayyor. O‘zlaringizni qiynayotgan muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzillar orqali bemalol murojaat qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM