MUROJAATLAR O‘RGANILDI

Bugun shahar Xalq qabulxonasida  navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Kuchkarova, shahar Xalq qabulxonasi mudiri Hamrotosh Shodieva hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Abdullo Raxmonovlar tomonidan murojaatlar o‘rganildi.

Qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolardan oilaviy masalalar, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kirish, obodonlashtirish, sog‘lig‘ini tiklash  masalasidagi murojaatlar tushdi.

Murojaatlarning 10 ga yaqini joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni hal etilishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar va fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM