Obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda

"Oqqo‘rg‘on tajribasi" asosida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan. Shundan kelib chiqib shahrimizdagi “Kunjipay” mahallasidagi "Ziyovuddin" ko‘chasiga maxsus texnikalar jalb etilib, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tosh-shag‘al yotqizish va tekislash ishlari olib borildi.

"Kunjupay" ko‘chasida mahalla faollari bilan birgalikda daraxtlarga shakl berish va ohaklash, irrigatsiya ariqlarini tozalash, "Orom" va "So‘figuzar" ko‘chalaridan chiqindilarni chiqarish va obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirildi. 

Shuningdek, shahar gaz ta’minoti korxonasi vakillari tomonidan gaz quvurlarini nazoratdan o‘tkazish, "Dilafkor" ko‘chasidagi gaz taqsimlash punkti (GRP) ni ta’mirlanib, 33 ta xonadon chorvalari veterinarlar ko‘rigidan o‘tkazildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM