MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda  Amir Temur mahallasidagi 804-transformator punkti tom qismi taʼmirtalabligi yuzasidan murojaat tarqalgan.
 Mazkur murojaat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi Otamurod Toʻxtayevning maʼlumot berishicha,  “Samarqand XETK” AJ ning Kattaqoʻrgʻon shahar elektr taʼminoti korxonasi kesimida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini 2023-yilda mukammal taʼmirlash boʻyicha tarmoq jadvali tasdiqlangan.  Xususan, ushbu dasturga kiritilgan Amir Temur mahallasi hududidagi TP 804-transformator punktida 2023 yilning avgust oyida mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM