“Qurilish kompleksi” sohaviy rahbarlari qabuli oʻtkazildi

Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi o'rinbosari J.Axmedov, Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodiyeva tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Ushbu qabulda qurilish kompleksining  “Kattaqoʻrgʻonshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi, “Elektr taʼminoti” boʻlimi, “Suv taʼminoti” boʻlimi, “Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish” boʻlimi, shahar obodonlashtirish boshqarmasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshliqlari va boshqa sohaviy rahbarlar ishtirok etdi.

Qabul davomida 21 nafar fuqarolardan  kommunal toʻlovlarni hisoblash, ichki yoʻllarni taʼmirlash va yoritish, simyogʻochlarni almashtirish va beton ustun oʻrnatish, elektr taʼminotidagi uzilishlarga oid murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning bir qismi ijobiy hal etildi va huquqiy tushuntirishlar berildi hamda  qolgan murojaatlar ijrosini taʼminlash uchun masʼullarga yoʻnaltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM