“BUYUKLAR AVLODIMIZ” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi va Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq ta’lim bo‘limi tomonidan buyuk allomalarimiz Alisher Navoiyning 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan umumta’lim maktablari o‘rtasida “Buyuklar avlodimiz” nomli videoroliklar tanlovini e’lon qilingan edi. 
Tanlov natijalariga ko‘ra 14-IDUM  targ‘ibotchisi Sirojiddin Ne’matullayev  faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek 2-o‘rin  6-umumta’lim maktabi direktori Muxayyo Nosirova hamda 3-o‘rin 11-IDUM ma’naviyatchisi Saida Elmurodova va 15 maktab o‘quvchisi Gulnoza Abruyevalar musib topildilar.
Bugun tanlov g‘oliblari shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi vakillari tomonidan taqdirlandi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM