SHAHAR HOKIMI MUROJAATLARNI JOYIDA OʻRGANDI

Aholi murojaatlari bilan ishlash ularni ijrosini taʼminlashda masalani joyiga chiqgan holda oʻrganishning ahamiyati katta. Shu boisdan  uy-joy, oilaviy masalalar bilan bogʻliq muammolarni joyida oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bugun shahar hokimi oilaviy masaladagi murojaatlarni oʻrganish maqsadida murojaatchilarning  xonadonlarida boʻldi.

Oilaviy munosabatlar borasidagi murojaatchining soʻzlarini eshitish asnosida shahar hokimi oilaning muqaddasligi, ayniqsa oilada aka-uka, opa-singillarning ahil va inoqlikda yashashi aks holda oilada xayr-barakaning ketishiga, qarindoshlik rishtalarining buzilishiga olib kelishini, bu salbiy holatlar farzandlar tarbiyasiga ham jiddiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi. 

Shuningdek, murojaatlarni oʻrganish davomida uy-joyga egalik qilish, "Yoshlar daftari" orqali yordam ko'rsatish masalasidagi murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM