Солиқни қатъий белгиланган суммада тўлашнинг тадбиркорлар учун қандай енгилликлари бор?

Кейинги йилларда юртимизда тадбиркорлар учун қулай шарт-шароитлар яратилмоқда.  Шу жумладан, Давлатимиз раҳбари томонидан 2022 йилда тадбиркорлар билан ўтказилган «Очиқ мулоқот»да белгиланган топшириқлардан келиб чиқиб, жорий йилнинг 1 январидан бошлаб айланмадан олинадиган солиқни қатъий белгиланган суммада тўлаш тартиби жорий этилди.

Мазкур тартиб бўйича тадбиркорларга қандай енгилликлар яратилади? Бугун шаҳар ҳокими Гавҳар Алимова раҳбарлигида бўлиб ўтган йиғилишда бу борада сўз юритилди.

Йиғилишда шаҳар ДСИ, ташкилот ва идоралар раҳбарлари, маҳалла раислари, хотин-қизлар фаоллари ва ҳоким ёрдамчилари иштирок этди.

Дастлаб, шаҳар ҳокими куни кеча шаҳримизда вилоят ҳокими иштирокида ўтказилган йиғилиш ва унда берилган топшириқлар хусусида сўз юритар экан ҳар бир раҳбар, ҳар бир масъул Президентимиз айтганидек, ўз ишига масъулият билан ёндашиши, “темир интизом” билан ишлаши лозимлигини алоҳида таъкидлади.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan shahar DSI rahbari Farrux G‘aniev aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lash tartibi haqida tushuncha berdi.

-Bunda soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 million so‘mdan oshmaganda, yiliga 20 million so‘mlik, jami daromad 500 million so‘mdan oshganda esa yiliga 30 million so‘mlik qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlash huquqi berildi. 

Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator yengilliklarni yaratib beradi. Jumladan, hisobchi yollash shart bo‘lmaydi. Buning natijasida hisobchiga to‘lanadigan ish haqqi xarajatlari qisqaradi. Shuningdek, tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi. Soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisoboti taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi. Bank hisob varag‘idan dividend tarzida yechib olinadigan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi. 

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga o‘tishga haqli. 

Shuningdek, hokimning birinchi o‘rinbosari Muhammadali Toshpulatov so‘zga chiqib, mahallalarda hokim yordamchilarining tadbikorlarni qo‘llab quvvatlash, tabirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borishlari yuzasidan tegishli topshiriqlarni berdi.

Hokim yordamchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Yig‘ilishda bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Каттаqo‘rg‘он shаhар hокимлиги ахборот хизмати

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM