TIKUVCHILIK BO‘YICHA 3 OYLIK KURS TASHKIL QILINDI

Shahar hokimi, 1-sektor rahbari va "Ermachit" mahallasi hokim yordamchisi tashabbusi bilan ushbu mahallada  "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar uchun kasb-hunar maktabi qoshidagi o‘quv markazining tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha  kurslar tashkil etildi.
3-oylik kurslar davomida xotin-qizlar tikish- bichish sirlarini o‘rganib subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida  asbob- uskunalar olishlari va o‘z faoliyatlarini boshlashlari mumkin bo‘ladi.
Albatta, bu kabi ishlar ishsiz xotin – qizlarni bandliklarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM