Hurmatli fuqarolar!
Sovuq ob-havoni betalafot o‘tkazish uchun quydagi qoidalarga amal qiling.
Qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;
Tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
Oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
Isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
Gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
Xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.
Is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar, shuningdek, qish mavsumida boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish siz aziz fuqarolar oʼzlaringizni qoʻllaringizda.
O‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash o‘z qo‘lingizda!