MUROJAATNOMA

Assalomu alaykum hurmatli Kattaqo‘rg‘on shahar tabiiy gaz iste'molchilari!

Yurtimizga anomal sovuq havo kirib kelganligi sababli o'z o'zidan tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoj oshib natijada magistral gaz quvurlarida bosim tushib ketmoqda. Shunga qaramasdan bunday sovuq kunlarda birinchi navbatda aholini xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta'minlash uchun Kattaqo‘rg‘on shaxargaz ta'minoti bo'limi tomonidan bir qator chora tadbirlar ko'rilmoqda.

FVV, IIB, mahalla fuqarolar yig'inlari bilan birgalikda gaz so'rg'ichlarga va noqonuniy ulanishlarga qarshi reyd tadbirlari olib borilmoqda. Gaz taqsimlash punkitlari qayta ko'rib chiqilmoqda. Kunu tun 24 soatlik navbatchilikda shaharda gaz ta'minoti xodimlari tomonidan 4 ta ishchi guruh tashkil qilingan. Aholiga tabiiy gaz ta’minotini yahshilash uchun barcha turdagi yirik va kichik ulgurji iste'molchilar hamda AGNKS larga tabiiy gaz yetkazib berish to'xtatildi.

 “Kattaqo‘rg‘on shahargaz” gaz ta'minoti bo’limining ichki imkoniyatidan kelib chiqqan holda ayni daqiqalarda tunu kun barcha xodimlar joylarda aholini tabiiy gaz bilan ta'minlash choralarini ko'rish uchun jalb qilingan.

Aziz iste'molchilar, bu sinovli kunlar ham tez orada o'tib ketadi. Barchamiz bir hamjihat bo'lib yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligi yo'lida xizmat qilib charchamaylik.

''Kattaqo‘rg‘onshaxargaz'' gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i   Farrux Sharipov

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM