2023 yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o`rinlarini yaratish bo`yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar

Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahri mehnat resurslari hisobi balansi bo‘yicha:
Axoli soni – 92270 nafar, shundan; 
Mehnat resurlar soni- 50514 nafar,  
Iqtisodiy faol axoli soni – 40760 nafar, 
Band axoli soni – 37235 nafar, shundan ;
rasmiy sektorda – 13014 nafar, 
norasmiy sektorda – 12881 nafar 
xorijda  ishlayotganlar – 11340 nafar. 
Ishga joylashishga muxtoj  axoli soni - 3525 nafar, 
Ishsizlik darajasi – 8,6 foizni tashkil etmoqda, 
2022 yilning  yanvar - dekabr   oyi davomida  2353 nafar ishsiz fuqarolar Bandlikka ko‘maklashish  markaziga murojat qilishgan bo‘lib, shundan 1417 nafarini xotin -kizlar, 904 nafarini 16 yoshdan-30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etdi. Shundan 1372 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, shundan 710 nafari xotin-kizlarni, 524 nafari 16 yoshdan - 30 yoshgacha bo‘lganlarni  tashkil etdi. Murojaat qilganlardan, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 620  nafar fuqarolar jalb qilingan bo‘lib, shundan 532 nafari xotin-qizlarni 132  nafari 16 yoshdan-30 yoshgacha bo‘lganlarni  tashkil etdi. 465 nafar fuqaro qayta kasbga o‘qitishga yo‘naltirildi, shundan 355 nafari   xotin-qizlarni, 207 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etdi. 
117 nafar fuqarolarga (6 yo‘nalishda) subsidiya mablag‘lari ajratilib bandligi ta’minlandi, shundan, 93 nafari ayollarni, 41 nafari yoshlarni tashkil etdi.
Murojaat qilgan fuqarolardan 30 nafar ishsiz fuqarolarga maqbul ish o‘rinlari bo‘lmaganligi uchun ishsizlik nafaqasi tayinlandi, 21 nafari ayollarni, 7 nafari yoshlarni tashkil etadi.
139 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilgan, shundan 79 nafari ayollar, 46 nafari yoshlarni tashkil etdi.
  Kvota
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi № 965-sonli qarori asosida ijtimoiy himoyaga muxtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun shahar hokimligining 2021 yil 29 oktyabrdagi 80-7-106-Q/21-sonli  Qarori chiqarilib, ushbu Qarorga asosan shahardagi mavjud 68 ta korxona, muassasalarda  2022  yilda 394 ta maxsus ish o‘rinlari kvotalashtirilgan bo‘lib jumladan;
- 14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun - 165 ta ish o‘rni, shundan yanvar – dekabr  oyida 160 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
-  Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar, «Mehribonlik» uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari uchun - 155 ta, shundan yanvar– dekabr  oyida 153 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
- Muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar uchun – 10 ta ish o‘rni, shundan yanvar – dekabr  oyida 11 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
- Nogironlar uchun - 10 ta ish o‘rni, shundan yanvar – dekabr  oyida  9 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.

Анвар ака, [11.01.2023 19:00]
- Pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun – 40 ta ish o‘rni, shundan yanvar – dekabr  oyida 33 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
- Jazoni o‘tash muassasalaridan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun   – 10 ta ish o‘rni, shundan yanvar – dekabr  oyida 13 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
-  Odam savdosi qurboni uchun - 4 ta ish o‘rinlari  zaxira qilingan.
 -Atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydigan ijtimoiy axamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun – yanvar- dekabr  oyida 15 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.  
  Bush ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
  Shaharda ishga joylashtirishga muxtoj ishsizlar, Xotin-kizlar, yoshlar ta’lim muassasalarini bitiruvchilari, voyaga yetmaganlar, kurolli kuchlar va jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilganlarni bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida 2022 yil davomida 12 marotaba  «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi»ni o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, 2022 yil yanvar- dekabr  oyida  12 marotaba mehnat yarmarkasi o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 335 ta korxona va tashkilotlar 2475 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi, 1653 nafar fuqarolar yarmarkada, ishtirok etishib, shundan 749 nafari yoshlarni, 425 nafari xotin-kizlarni 198 nafari ta’lim muassasalarini va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini , 9 nafar  nogironlarni , 25 nafar jazodan ozod etilganlarni, 104 nafar qurolli kuchlardan bo‘shatilganlarni, 132 nafar migratsiyadan qaytganlarni tashkil etdi.  
Mehnat yarmarkalarida  257  nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, shundan 101 nafari yoshlarni, 82 nafari xotin-qizlarni va 65 nafari chet eldan qaytgan yoki chet elga keta olmagan fuqarolarni tashkil etdi. 156 nafar fuqarolarga  kasb-hunarga o‘qish uchun yo‘llanmalar berildi, shundan,  63 nafari xotin-qizlarni, 80 nafari yoshlarni, 1 nafar nogiron fuqaroni tashkil etadi. Shuningdek yarmarkada ishtirok etgan 1129 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi yuzasidan maslahatlar berildi.
   2023 yil 5 yanvar  holatiga Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha hisobot topshirgan 58 ta korxona, tashkilot va muassasalarda 80 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.

2023 yilda aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish prognoz ko‘rsatgichlari bo‘yicha                                       
2023 yilda aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish prognoz ko‘rsatgichlari bo‘yicha jami 7320 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 497 ta mavsumiy ish o‘rinlari.
Jumladan  :
Qurilish, transport va kommunal soha yo‘nalishida – 574 ta ish o‘rni shundan, mavsumiy qurilish ishlarini rasmiylashtirish orqali - 217 ta ish o‘rni;
Investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga - 481 ta ish o‘rni;
Moliya - iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish hisobiga – 5675 ta ish o‘rni, shundan mavsumiy -  497 ta ish o‘rni, legallashtirish orqali – 1543 ta ish o‘rni .
Shundan : 
Savdo va servis yunalishida - 2815 ta ish o‘rni, shundan, yangi xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va mavjudlari faoliyatini rivojlantirish hisobiga – 815 ta ish o‘rni, o‘zini – o‘zi band qilish hisobiga – 2000 ta ish o‘rni; 
Mikroloyihalar va mikromarkazlar  hisobiga – 776 ta ish o‘rni ;
Kasanachilik, vaqtinchalik va bir martalik ishlarda band qilish va qurilish brigadalari yo‘nalishida – 357 ta ish o‘rni ;
Hunarmandchilik yo‘nalishida – 184 ta ish o‘rni ;
Norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish va bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish orqali – 1543 ta ish o‘rni;
Turizm va madaniyat sohasida –  590 ta ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM