Kattaqo‘rg‘on artilleriya harbiy qism tashkil topganligining 29 yilligi nishonlandi

Bugun shahar Drama teatrida Kattaqo‘rg‘on artilleriya harbiy qism tashkil topganligining 29 yilligi  keng nishonlandi.

Unda Samarqand harbiy prokurori adliya polkovnigi Odil O'sarov, Markaziy harbiy okrug qo'mondoni o'rinbosari, shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov, harbiy qism harbiy xizmatchilari, soha faxriylari  ishtirok etdilar.

So’z olganlar Samarqand harbiy prokurori hamda shahar hokimi o‘rinbosari tadbir ishtirokchilarini 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda harbiy qism tashkil topganligining 29 yilligi bilan muborakbod etdilar.

- Vatan himoyasida toblangan mard o‘g‘lonlarimiz o‘zining mardlik va jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi bilan obro‘-e’tibor qozongan harbiy xizmatchilarimiz yoshlarga har tomonlama ibrat va o‘rnak namunasi bo‘lmoqda.

Shu qatorida kirib kelgan 2023  Yangi yil va Qurolli Kuchlarmiz tashkil topganligining 31 yilligi hamda harbiy qism tashkil topgan kuni bilan siz va oila a’zolaringizni muborakbod etamiz. Sizlarga sharafli va mas’uliyatli xizmatingizda ulkan yutuqlar va oilaviy baxt tilaymiz.

Markaziy harbiy okrug qo'mondoni o'rinbosari tomonidan "HARBIY QISM TASHKIL TOPGANLIGINING 29 YILLIGI" kuni munosabati bilan esdalik nishoni harbiy qism komandiriga topshirildi.

Shundan so'ng bir qator harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi bosh shtabi Artilleriya bosh boshqarmasi boshlig'ining buyrug'i bilan hamda harbiy qism komandirining buyrug'lari bilan qimmatbaho sovg'alar, faxriy yorliqlar, diplomlar, tashakkurnomalar va esdalik nishonlar bilan taqdirlandilar.

Yil yakuni bo'yicha o'zgalarga namuna va o'rnak bo'la olgan, har tomonlama safdoshlaridan ustun bo'lgan va harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari o'rtasida o'tkazilgan tadbirlarda doimo ishtirok etib kelgan harbiy xizmatchilar "Eng na'munali harbiy oila", "Eng yaxshi harbiy sportchi oila", "Eng yaxshi tadbirkor oila" va shunga o'xshash 39 ta nominatsiyalar bo'yicha ham harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari taqdirlandilar.

Ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, harbiylarning jangovorlik kasb etgan ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM