Aholi salomatligini saqlash muhimdir

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatma xatiga ko‘ra “Dok-1 Max” hamda “Ambronal” “QURAMAX” MChJ kompaniyasining dori vositalari tarkibidagi nomuvofiqlik sababli ularni sotish to‘xtatildi. Zero, ushbu dori vositalarini iste’mol qilish etilenglikol zaxarlanishga olib keladi.
Bugun shahar hokimligida sektor rahbarlari, shahar hokimligi vakillari, mahallalar, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu boradagi ishlar xususida so‘z yuritildi.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan  Etilenglikol bilan zaxarlanishda kuzatiladigan holatlar, RSHTYOIM va filiallarida davolash tartibi bo‘yicha va bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish berildi. 
Eslatma o‘rnida shuni aytish joizki Quramax MChJ tomonidan import qilingan dori vositalari (Dok-1 MAKS, Ambronol, Travamaks, Sinepar-kids va boshqa vositalari)ni iste’mol qilish mumkin emas.     


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM