ONLAYN-NKM FOYDALANUVCHILARIGA IMTIYOZLAR

Kattaqoʼrgʼon shahar davlat soliq inspeksiyasi “Tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash” shoʼbasi masʼul xodimlari tomonidan ushbu qaror mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolar va chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Savdo va xizmat koʼrsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PF-5813-sonli Farmoni bilan 2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tdi. 

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 04-oktyabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5252-sonli Qarori bilan tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan.

Mazkur huquqdan foydalanishda xarajatlarni:

– foyda solig‘i summasiga;

– aylanmadan olinadigan soliq summasiga;

– YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasiga

bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish tarzida foydalanish mumkin.

Imtiyoz 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz: 2022-yil 1-yanvardan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilishi shartligi belgilangan.

Аzizbek Omonov, shahar DSI

“Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash” sho’basi boshligʼ

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM