Kattaqo‘rg‘on shahrida  korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi  

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2021 yilning 1 dekabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1630 tani tashkil qilib, shundan 1525 tasi yoki 93,6 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 577 ta (35,4 foizi), sanoat 311 ta (19,1 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 108 ta (6,6 foizi), qurilish  132 ta (8,1 foizi), tashish va saqlash 44 ta (2,7 foizi), axborot va aloqa 36 ta (2,2 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 37 ta (2,3 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 113 ta (6,9 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish 272 ta (16,7 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.

M.Muminov,                                         

Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM