“KO’HNADAM” VA “O’RIKZOR”DA FUQAROLAR QABULI  

Shu kunlarda mahallalar kesimida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan qabullar o’tkazilmoqda. Kuni kecha shahrimizdagi 1- sektor hududida joylashgan “Ko’hnadam” mahallassida ham ana shunday qabullardan biri o’tkazildi.

Shahar hokimi birinchi o’rinbosari Begzod Sayipov, shahar mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’I F Rahimovalar ishtirokida o’tkazilgan qabulga 6 nafar fuqaro murojaatlari bilan ishtirok etdi. Fuqarolardan tushgan murojaatlar tegishliligi bo’yicha tashkilotlarga ijrosini ta’minlash uchun yunaltirildi.

Shuningdek, shu kuni “O’rikzor” mahallasida ham fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi. Unda 27 nafar fuqaroning murojaatlari eshitildi.

Qabul davomida fuqarolardan tushgan elektr va gaz ta’minoti, ishga joylashish, uy-joyini ta’mirlash va boshqa masalalardan tashkil topgan 15 ga yaqin murojaatning ijrosi yuzasiddan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. 5 ta murojaat joyida hal etildi va 7 tasi yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM