Янгиликлар

STUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida umumta’lim maktabi direktorlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
Unda shahar hokimi G.Alimova, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonqulov, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i G‘.Boboxolov, viloyat milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Amonovlar ishtirok etdi.

ERKIN KURASH BO‘YICHA PROKUROR KUBOGI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI 

Yaqinda  shahrimizdagi Iqtisodiyot va servis texnikumi sport zalida sportning erkin kurash turi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in tarzda kechgan musobaqada Surxondaryo va Samarqand viloyati, Xatirchi tumani, Oqtosh hamda Kattaqo‘rg‘on shahar jamoalaridan jami 111 nafar sportchilar ishtirok etdilar.

Obodonlashtirish ishlari o‘rganildi 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda shahardagi korxona va muassasalarning obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Xususan, shahar Dehqon bozori, Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Elektr ta’minoti korxonasi, shahar Istirohat bog‘i, Suv ta’minoti korxonasi hamda bir qator muassasalardagi sanitar holatlarni o‘rgandi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM