Янгиликлар
Kattaqo‘rg‘onlik xotin-qizlar faollariga planshetlar taqdim etildi
25.01.2023 - 17:42Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani sir emas. Ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga ko‘maklashish maqsadida xotin-qizlar faoli lavozimining tashkil qilingani bu boradagi ishlarning amaldagi natijasi bo‘ldi.
DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
25.01.2023 - 14:36Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonov, Axborot kutubxona markazi direktori U.Negmatov hamda shahar IIB boshlig'ining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari mayor Sh.Yarlakabovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan davra suhbati o’tkazildi.
TIKUVCHILIK BO‘YICHA 3 OYLIK KURS TASHKIL QILINDI
25.01.2023 - 10:25Shahar hokimi, 1-sektor rahbari va "Ermachit" mahallasi hokim yordamchisi tashabbusi bilan ushbu mahallada "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar uchun kasb-hunar maktabi qoshidagi o‘quv markazining tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha kurslar tashkil etildi.
3-oylik kurslar davomida xotin-qizlar tikish- bichish sirlarini o‘rganib subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida asbob- uskunalar olishlari va o‘z faoliyatlarini boshlashlari mumkin bo‘ladi.
Shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Alisher Daminov ishtirokida “Hududda ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar”
24.01.2023 - 17:35Bugungi kunda Katta`o'rg'on shahrida 18 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan, 17 ta maktablar va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 15571 nafar o‘quvchilarga 929 nafar pedagog-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Тадбирлар


