TADBIRKORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MUHIM

Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash muhim masala hisoblanadi. Bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyatini yaxshilashda, qo’shimcha qiymat yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Kuni kecha shahar Drama teatrida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda mahalla hokim yordamchilari tomonidan mahalladagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati, ayrim korxonalarning faoliyat yuritmaslik sabablari, “0” hajmda hisobot topshirgan tadbirkorlar bilan olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM